Jahon | 08:39
3516
3 daqiqa o‘qiladi

Fransiya Ukrainaga qo‘shin kiritish bo‘yicha yashirin mashqlar o‘tkazdi

Fransiya quruqlikdagi kuchlarining maxfiy mashqlari Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini Belarus hududidan qaytarishga qaratilgan edi, deb yozadi Intelligence Online. Manyovrlarda uch mingdan ortiq harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Foto: Cem Ozdel/Anadolu via Getty Images

Fransiya Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini kiritish ehtimoli bo‘yicha yashirin harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Bu haqda 15 yanvar, chorshanba kuni Intelligence Online nashri xabar berdi. "Persey" (Persée) mashqlari 2024 yilning kuzida Fransiyadagi poligonda 10 kun davom etdi va maxsus operatsiyalar kuchlarining (CAST) 3200 ga yaqin askarini jalb qildi. Nashrning ta’kidlashicha, ular mashqlar davomida Rossiya qo‘shinlarining Belarus hududidan Ukrainaga ehtimoliy zarbasini qaytarishni mashq qilishgan.

Mashqlar uchun tanlangan hudud o‘z xususiyatlariga ko‘ra Kiyev shimolidagi Dnipro daryosining burilishiga o‘xshaydi. Intelligence Online ma’lumotlariga ko‘ra, mashg‘ulotlarning asosiy maqsadlari dron va elektron urush tizimlaridan foydalanishni mashq qilish edi. Shu bilan birga, "Persey"ning ba’zi ishtirokchilari FPV dronlarining yetishmasligidan norozi bo‘lishdi va fransuz ishlab chiqaruvchilarining ushbu turdagi dronni ishlab chiqishda ortda qolayotganidan xavotir bildirdilar, deya qayd etadi Intelligence Online.

Britaniya sobiq mudofaa vazirlari Ukrainaga tinchlikparvarlarni yuborishga chaqirdi

Buyuk Britaniya harbiy harakatlar tugaganidan keyin Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarini yuborishi kerak, dedi Buyuk Britaniyaning sobiq mudofaa vazirlari Grant Shepps (2023-24) va Gevin Uilyamson (2017-19) Britaniyaning The Telegraph gazetasiga 12 yanvar kuni bergan intervyusida.

«Urushdan keyingi tinchlikparvar kuchlar tarkibida Britaniya qo‘shinlarining ishtirok etishi, albatta, ma’qul bo‘lardi, lekin bu Ukrainaga haqiqatda kerak bo‘lgan narsaning kichik bir qismi», — dedi Shepps. Uning so‘zlariga ko‘ra, Britaniya «vahshiy va noqonuniy bosqinga qarshi» Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda birinchi o‘rinda bo‘lgan va London endi Kiyevga NATOga a’zo bo‘lishiga yordam berishi kerak. «Kamroq nimadir narsa Ukrainaning jasorati va biz tarafdorlik qilayotgan tamoyillarga xiyonat bo‘ladi», dedi sobiq mudofaa vaziri.

O‘z navbatida, Uilyamson Ukrainada tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash «haqiqiy, jismoniy sa’y-harakatlarni talab qilishini» ta’kidladi, shuning uchun ham u bu mamlakatga qo‘shin yuborish tarafdori. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelajakda «Ukraina xavfsizligi tashqi tomondan, NATO yoki Buyuk Britaniya kabi ishonchli hamkorlar sifatida ko‘rish mumkin bo‘lgan davlatlar orqali qo‘llab-quvvatlanishi» juda muhim.

Mavzuga oid